Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida «Jiguli» va «Tiko» mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda har ikkala mashinaning haydovchilari vafot etgan. Bu haqda Kun.uz'ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 21 sentabr kuni soat 00:15larda Koson tumani Navbahor mahallasi hududidan o‘tuvchi aylanma yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Koson tumani Nartibaland mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan D.M. o‘z boshqaruvidagi «Jiguli» mashinasi bilan tumanning Mesit mahallasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan R.M. boshqaruvida bo‘lgan «Tiko» mashinasiga borib urilgan. Oqibatda, har ikkala mashinaning haydovchilari og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, haydovchi D.M. «Jiguli» mashinasi bilan qoidalarni buzgan holda harakatlangan. Hozirda holat yuzasidan Koson tumani Ichki ishlar bo‘limining tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta'kidlanishicha, bugun, 24 sentabr kuni Koson tumani IIB boshlig‘i I.Qutlimurodov va boshqa mas'ullar ishtirokida tumandagi 6-maktabda mazkur yo‘l-transport muhokamasiga bag‘ishlangan muhokama o‘tkazilgan. Muhokamada fuqarolarga yo‘l qoidalariga amal qilish lozimligi uqtirilgan.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
19:37 / 04.06.2026