Qaşqadaryo viloyati Muborak tumanida Isuzu yuk maşinasi yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib ketib Cobalt bilan töqnaşgan. Oqibatda Cobalt haydovçisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 4 sentabr tunda A380 Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beynov xalqaro avtomobil yölining 100-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Şahrisabz-Buxoro yönalişida harakatlanib borayotgan Isuzu yuk maşinasi qarama-qarşi yönalişdan kelayotgan Cobalt bilan töqnaşgan. Oqibatda, Cobalt haydovçisi oğir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, Isuzu haydovçisi tezlikni belgilangan me'yordan oşirib harakatlangan va boşqaruvni yöqotib yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib ketgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan tergovoldi suriştiruv olib borilmoqda.