O‘zbekiston | 13:38 / 24.09.2021
21831
2 daqiqa o‘qiladi

«Tibbiyotda juda ko‘p xato qildik, bilim yo‘q» – Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi uchrashuv chog‘ida tibbiyot sohasidagi muammolarga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

“Endi tibbiyot bo‘yicha ta'limni mutlaqo boshqacha qilamiz. Dastlabki kurslardagi matematika, fizika kabi tibbiyotga aloqador bo‘lmagan fanlarni qisqartiramiz. Eski ittifoq tizimidan voz kechib, O‘zbekiston uchun maxsus dastur yaratamiz.

Eng muhimi – 4-kursni bitirgan talabani bir yil o‘z hududiga amaliyotga jo‘natamiz. Mana shu amaliyot chog‘ida o‘sha talaba o‘zini anglaydi, haqiqiy shifokor bo‘ladimi, yo‘qmi, aniq bo‘ladi. Agar amaliyotdan o‘tsa, bemor bilan ishlay olsa, uni bepul o‘qitishga ham tayyormiz. Lekin agar buni eplay olmasa, u bilan shartnoma bekor qilish ham mumkin. Chunki hozir qatorlashtirib diplom beryapmiz, ammo bitirib borgan mutaxassis bemordan qo‘rqadi. Qo‘rqadi! 

Tibbiyotda juda ko‘p xato qildik, bilim yo‘q! Endi mana shu xatolarni tuzatishimiz lozim. Yangi tashkil qilinayotgan universitetlar ana shu vazifani bajarishi lozim.

Pandemiya bizga ko‘p narsani o‘rgatdi – sog‘ligiga befarqlar, ortiqcha vaznlilar, qand kasalliklari bo‘lganlar og‘ir o‘tkazishdi, hatto ko‘pchiligini yo‘qotdik ham. Endi boshqacha ishlaymiz”, – deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid