Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada ko‘mir narxi 13 yillik rekord darajaga yetdi
Yevropada 2022 yilda yetkazib beriluvchi ko‘mir narxi 13 yillik maksimum qiymatga yetdi.
Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, qit'ada hozirda ko‘mirning bir tonnasi 137 dollarni tashkil qilmoqda. Ta'kidlanishicha, bu 2008 yildan beri ushbu yoqilg‘i turi uchun eng yuqori narxdir.
Agentlikning izoh berishicha, ko‘mir narxi oshishi gaz narxi oshishi bilan bog‘langan. Gaz narxi oshishi boshqa arzonroq energiya manbalariga talabning oshishiga olib kelgan.
15 sentyabrda Yevropada gaz narxi ming kubmetri uchun 950 dollarga yetgan. Yevropada ko‘mir zaxiralari juda oz. Uni Avstraliya, Janubiy Afrika va Kolumbiyadan eksport qilish qiyin, Rossiyadan yetkaziluvchi ko‘mir esa yetmaydi.
Mavzuga oid
08:17
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026