Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi insoniyat yadroviy halokat yoqasida ekanini aytdi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Twitter’dagi sahifasida insoniyat hamon yadroviy halokat yoqasida turganini aytdi.
26 sentabr butun dunyoda Xalqaro yadro qurolini to‘liq yo‘q qilish uchun kurash kuni sifatida nishonlanadi.
“Butun dunyoda 14 mingga yaqin yadro quroli mavjud. Insoniyat yadroviy halokatga hamon juda yaqin turibdi”, deb aytgan Guterrish o‘z bayonotida.
Uning aytishicha, tinchlik va o‘zaro ishonchning yangi davrini boshlash uchun yadro qurollarini yo‘q qilish vaqti keldi.
Avvalroq BMT bosh kotibi davlatlar o‘rtasida yangi qurol poygasi boshlanganidan xavotir bildirgan.
AQShning qurollanishni nazorat qilish uyushmasining qurolsizlanish va xavfni kamaytirish siyosati bo‘yicha direktori Kingston Reyf yirik davlatlar o‘rtasida boshlangan yangi yadro poygasi insoniyatga nazorat qilib bo‘lmaydigan harbiy mojaro bilan xavf solayotganini aytgandi.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, hozirda sobiq ittifoq va AQSh o‘n minglab atom quroli ishlab chiqargan sovuq urush vaqtidagidek darajada qurollanish poygasi yo‘q.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:36 / 21.04.2026
BMT bosh kotibligiga 4 nomzod: ular kim va qanday saylanadi?
19:56 / 10.04.2026