Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minsk Belarusdagi namoyishlarni moliyalashtirishda BMT vakillarini aybladi
Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey BMT bosh kotibi Antonio Guterrish bilan uchrashuvda xalqaro tashkilot vakillari Belarusdagi norozilik namoyishlariga aloqador ekanini aytgan. Makey bu haqda davlat telekanali efirida ma'lum qildi.
“BMT bosh kotibi bilan uchrashuvda oxirgi vaqt ushbu tashkilot bilan munosabatlarimizda bir qator muammolar paydo bo‘lganini aytishga majbur bo‘ldim. Biz BMT tuzilmalarining Belarusni siyosiy va uydirma sabablarga ko‘ra yomonotliq qilishda qo‘llanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga ishora qildik”, deb aytgan Makey.
Belarus vakili Guterrishni uning “Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlardan” bo‘lgan yordamchilari tomonidan Belarus haqida “xunuk” maqolalar e'lon qilinsa, Minskning bunga javobi o‘zini kuttirib o‘tirmasligidan ogohlantirgan.
“Agar yaqin orada bosh kotibning bu yordamchilari “xaspo‘shligi” bilan BMT liniyasi bo‘yicha tegishli maqolalar e'lon qilinsa, biz BMTning Belarusdagi jamoasining ba'zi vakillari tashkilotning nogironlarga ajratiladigan mablag‘larini norozilik namoyishlari ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashga ishlatgani haqidagi haqiqatni oshkor qilamiz”, deb aytgan Makey.
Avvalroq BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari Mishel Bachelet Belarusda siyosiy mahkumlar qiynoqqa solinishi, zo‘rlanishi va o‘ldirilishi haqida ma'lum qilgan. U bergan ma'lumotlarga ko‘ra, respublikada 650dan ko‘proq siyosiy mahkum bor.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026