Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda ov qurolini noqonuniy saqlagan fuqaroga jinoyat ishi ochildi
Buxoro viloyatining Buxoro tumanida ov qurolini noqonuniy ravishda saqlash holati aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jondor tumani Alile mahallasida yashovchi 42 yoshli S.S. o‘z uyi yaqinidagi dala maydonida 1950 yilda ishlab chiqarilgan, 16 kalibrli, “ZK” modelli ov qurolini tegishli ruxsatnomasiz saqlab kelayotgani ma'lum bo‘lgan. Ov quroli tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan S.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoroda Qorako‘l tumani mudofaa bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida ushlangandi.
Mavzuga oid
11:58 / 17.12.2025
Buxoroda 4,7 kg “opiy” musodara qilindi
18:10 / 15.12.2025
Toshkentda yashovchi shaxs uyini ta’mirlash chog‘ida granata va boshqa qurollarni topib oldi
15:15 / 09.12.2025
Toshkentda 31 yoshli erkak xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi
01:22 / 07.12.2025