Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda fuqaroning uyiga o‘g‘rilikka tushgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida fuqaroning uyiga o‘g‘rilikka tushgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 16 sentabr kuni Kitob tumani «Xalqlar do‘stligi» MFYda yashovchi J.N. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida shu yil 16 sentabr kuni noma'lum shaxs yashash uyiga yashirincha kirib yashash uyi xonasidagi shkafning ichidan 100 AQSh dollari va 1 million so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Kitob tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu o‘g‘rilikni, tumanning «Panji» MFYda yashovchi Z.A. sodir etgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, Z.A.ga nisbatan Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor Jinoyat protsessual kodeksning 224-moddasi tartibida ushlangan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026