Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston qo‘shni davlatlarga elektr uchun qarzni to‘lashga va'da berdi - OAV
Afg‘onistonning qo‘shni davlatlardan elektr energiya uchun qarzi 62 mln dollarga yaqinni tashkil qiladi. Bunday ma'lumotlarni Afg‘onistonning DABS energetik korporatsiyasi bayonotiga tayanib TOLO News telekanali keltirib o‘tdi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, korporatsiya Afg‘onistonga elektr eksport qiluvchi qo‘shni davlatlar – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Eronga ular oldidagi qarzni to‘lashga va'da berib, ungacha elektr ta'minotini uzmaslik iltimosi bilan maktub yo‘llagan.
Ta'kidlanishicha, DABS, shuningdek, qarzni to‘lashda yordam berish iltimosi bilan BMTning Afg‘onistonga yordam berish missiyasiga murojaat qilgan. Kompaniya agar zarur yordam berilmasa, unda elektr uchun qarzdor nochor afg‘onlardan ham pul olishiga to‘g‘ri kelishini aytgan.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan toliblar ko‘rayotgan choralarga qaramay, iqtisodiy vaziyat murakkab bo‘lib qolmoqda. Bunday vaziyat toliblar Afg‘onistonning 9,4 mlrd dollardan iborat davlat zaxiralarining bor-yo‘g‘i 0,1 foizidan foydalana olayotgani sababli yuz bermoqda. Ushbu pullarning katta qismi AQSh tomonidan muzlatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026