Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda islomda nasiya savdo qoidalari bo‘yicha maxsus seminar bo‘lib o‘tadi
2021 yil 9 oktyabr, shanba kuni Toshkent shahrida «Islom moliyasi» loyihasi hamda «Islamic Business and Finance» (IsBF) kompaniyasi tomonidan «Islom moliyasi: nasiya savdo qoidalari, muammolari va yechimlari, ijara hamda biznesda baraka omillari» mavzusida amaliy seminar o‘tkaziladi.
Seminar davomida ishtirokchilar Islom moliyasi haqida asosiy tushunchalar, jumladan Islom moliyasidagi asosiy taqiqlar, Islom moliya tizimi va an'anaviy moliya tizimi o‘rtasidagi farqlar, nasiya savdo / bo‘lib to‘lash (xalq tilida «rassrochka» deb ham nomlanadi), shartnomalarda «jarima», «penya» kabi moliyaviy jazolar qo‘llanishi masalasi, an'anaviy lizingning Islom moliyasiga nomuvofiq bo‘lgan jihatlari, sarmoyani ko‘paytirishning Islom moliyasi talablariga javob beradigan shakllari, biznesda baraka omillari kabi masalalarda bilim va tushunchaga ega bo‘lishadi.
Ushbu seminar Islom moliyasi va bankchiligi bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘limi mudiri, «Zikr ahlidan so‘rang» hay'ati a'zosi Muhammad Ayyub domla Homidov, Jahongir Imamnazarov, Muzaffarjon Nizomiddinov, Kozimxon To‘rayev, Muzaffar Husniddinovlar ishtirok etishadi.
Seminarda ishtirok etish narxi:
- 500 000 so‘m (oflayn qatnashuvchilar uchun);
- 300 000 so‘m (onlayn qatnashuvchilar uchun)
Ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va to‘lov qilishlari mumkin:
To‘lovlarni qanday amalga oshirish mumkin?
Agar ishtirokchi jismoniy shaxs bo‘lsa, to‘lovlarni Payme ilovasi yordamida amalga oshirishi mumkin.
Yuridik shaxslar to‘lovlarni o‘z hisob raqamlaridan ham to‘lash imkoniyati mavjud.
Shartnoma olish uchun menejyer bilan bog‘lanish lozim: @IsBF_Trening (telegram)
Shoshiling, seminar-treningga 1 kun qoldi!
Qo‘shimcha ma'lumotlar:
Mavzuga oid
16:41 / 03.02.2026
Botqoqlarni asrab qolishimiz kerak – Toshkentda bu mavzuda xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi
10:26 / 08.02.2023
“Zamonaviy maktab liderlar nigohida” – Toshkent, Farg‘ona va Andijondagi seminarlardan reportaj
00:01 / 21.08.2019
Termizda davlat organlari axborot xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi
17:50 / 18.07.2019