Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mali bosh vaziri Fransiyani terrorchilar tayyorlashda aybladi
Mali bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, fransuz qo‘shinlari Kidalda anklav hosil qildi va uni “Al-Qoida” bilan hamkorlik qiluvchi “Ansor ad-din” guruhi vakillariga berdi.
Malida harakatlanayotgan terrorchi guruhlarni tayyorlash ortida Fransiya turibdi, bizda bu borada dalillar mavjud, dedi Mali bosh vaziri Shogel Kokalla Maiga.
“Malidagi terrorchilar Liviyadan kelgan. Liviya davlatini kim vayron qildi? Fransiya ittifoqchilari bilan. Mali Fransiya bilan terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilganida biz razvedka ma'lumotlari va havo orqali qo‘llab-quvvatlashni so‘ragandik. Hech kim ulardan quruqlik orqali harbiy jo‘natishni so‘ramagan. Fransiya Kona, Gao, Timbuktuda bu kelishuvga amal qildi. Kidalga yaqinlashgach esa, Mali harbiylarining u yerga kirishini taqiqladi”, – dedi u.
Mali bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, fransuz qo‘shinlari Kidalda anklav hosil qildi va uni "Al-Qoida" bilan hamkorlik qiluvchi "Ansor ad-din" guruhi vakillariga berdi.
“Mali Kidalga kira olmaydi, u Fransiya tomonidan nazorat qilinadigan anklav. Bu yerda fransuz ofitserlari tayyorlagan qurolli guruhlar bor. Va bizda bunga dalillar mavjud”, – deb ta'kidladi u.
Avvalroq prezident Emmanuel Makronning nodo‘stona so‘zlari uchun Fransiya elchisi Mali tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi.
Makron Fransiya operatsiyalari tufayli terrorchilar Malida hokimiyatni egallay olmaganini aytgandi.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026