Sport | 01:51 / 08.10.2021
13674
2 daqiqa o‘qiladi

Millatlar ligasi. Fransiya Belgiya bilan o‘yinda superkambek evaziga finalga chiqdi

Foto: Getty Images

UYeFA Millatlar ligasi ikkinchi yarimfinal juftligida Belgiya Fransiyaga qarshi maydonga tushib, finalga chiqish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

Karrasko va Lukakuning ajoyib gollaridan keyin belgiyaliklar birinchi bo‘limdayoq ikki to‘p farqi bilan tanaffusga chiqib ketishdi – 2:0. 

62-daqiqada esa Benzema fransuzlarga umid uchqunlarini berdi. Ko‘p o‘tmay, Grizmannga ishlatilgan qo‘pollikni Mbappe golga aylantirdi – 2:2.

87-daqiqada Lukakuning goli VAR orqali bekor qilingach, 90-daqiqada Teo Ernandes ajoyib zarbasi bilan fransuzlarga final yo‘llanmasini taqdim etdi – 2:3. Superkambek! 

Shu tariqa, Fransiya Millatlar ligasida ikkinchi finalchiga aylandi. Dide Desham shogirdlari 10 oktabr kuni Milandagi «San Siro» stadionida turnir g‘olibligi uchun Ispaniyaga qarshi saf tortadi. Belgiya esa shu kuni Turinda mezbon Italiyaga qarshi 3-o‘rin uchun maydonga tushadi.

UYeFA Millatlar ligasi. Yarimfinal

Belgiya – Fransiya - 2:3
Gollar: 1:0 – 37 Karrasko, 2:0 – 40 Lukaku, 2:1 – 62 Benzema, 2:2 – 69, penalti Mbappe, 2:3 – 90 Ernandes.
Belgiya – Kurtua, Denayyer, Vertongen, Alderveyreld, Kastan, Vitsel, Tilemans (Vanaken, 70), de Bryuyne, Karrasko, Azar (Trossard, 74), Lukaku.
Fransiya – Loris, Ernandes, Varan, Ernandes, Pavar, Pogba, Rabo (Tchuameni, 75), Kunde, Mbappe, Grizmann, Benzema.

Mavzuga oid