Millatlar ligasi, yarimfinal
Ispaniya – Fransiya 5:4
Gollar: Uilyams 22, Merino 25, Yamal 54, 67, Pedri 55 – Mbappe 59 (p), Şerki 79, Vivian (a.g) 84, Kolo Muani 90+4.
Ispaniya: Simon, Porro, Le Normann, Heysen, Kukureliya, Pedri (Ruis 64), Subimendi, Merino (Gavi 90+1), Uilyams (Olmo 64), Yamal, Oyarsabal (Samu 77).
Fransiya: Meniyan, Kalulu (Gyusto 63), Konate, Langle (Lyuka Ernandes 72), Teo, Rabio, Kone, Duye (Barkolya 63), Dembele (Kolo Muani 76), Olise (Şerki 63), Mbappe.
Ogohlantirişlar: Yamal 33, Gavi 90+6 – Rabio 51, Teo 82, Kolo Muani 90+4, Kone 90+7.
Ispaniya va Fransiya Yevro-2024 yarimfinali remeykini ijro etişdi – bu safar Millatlar ligasining şu bosqiçida. Oldingi töqnaşuvda Yamal va Dani Olmoning gollari bilan irodali ğalabaga (2:1) erişgan «Qizil furiya» oltin sari navbatdagi qadamni taşlagandi. Lekin fransuzlar öşa mağlubiyat uçun revanş oliş imkoniyati öyindan oldinoq pasayib ketdi – mudofaa çiziğida birdaniga uç yöqotiş yuzaga kelgandi: öyinni jarohat tufayli Saliba, Yupamekano va Kunde ötkazib yuborişdi, natijada himoyaçilar törtligi Teo, Langle, Konate va Kalyulyu tomonidan tarkib topdi. Va bu ispanlarning yuqori pressingi fonida edi. Ha, öyin Fransiya uçun qiyin keçişi oldindan kutilgandi. Ammo maydondagi voqealarni heç kim oldindan taxmin qilolmasdi.
Ispanlar kutilganidek töpni öz nazoratiga olişdi, ammo baribir avvaliga fransuzlar hujumda qiziqarliroq harakat qilişdi. Dembele maydon markazida raqibdan töpni olib qöydi va Mbappeni öng qanot böylab oldinga boşladi, ammo hujumçi Simon bilan yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Keyin esa Teo Rabio aql bilan ötkazib yuborgan töpni öziga böysundirib, kuçli zarba yölladi, töp darvoza ustuni va tösini birlaşgan nuqtaga bordi. De la Fuente jamoasi ham zarbalar berdi, ammo keskinlik yetişmadi. Bu holat 22-daqiqagaça davom etdi, şundan keyin esa Ispaniya bir neça daqiqa oraliğida ikkita gol urdi.
Birinçi holatda Oyarsabal Menyan qöriqlayotgan darvozaga teskari turgan holda turib, töpni ikki himoyaçi orasidan ötkazgan holda Uilyamsga taşlab berdi — yoş vinger esa yaqin masofadan aniq zarba yölladi. Ikkinçi holatda esa Merino xuddi şu Oyarsabal bilan devor uslubida öynab, jarima maydonida oçildi va yaqin burçakni aniq nişonga oldi.
Bunday futbol — Luis de la Fuentening ğalabali davri uçun klassika. Bu Ispaniya Luis Enrike faoliyatining oxirgi damlaridagi kabi şunçaki töpni olib yuriş va bugungi kunda modadan qolgan tiki-taka bilan şuğullanmaydi. Hozirgi «Qizil furiya» vaziyatga qarab moslaşadi, öyinni va uning sur’atini boşqaradi. Töpni raqibga topşirişi ham, kutilmaganda vertikal uzatmalar bilan hujumga ötişi ham, ortga qaytib öynaşi ham mumkin. Lekin hujumi kuçli Fransiyaga qarşi himoyada öynaş katta tavakkalçilik bölardi. Unai Simon yaxşi posbon, ammo baribir darvozabonlik san’ati dohiysi emas. Şu bilan birga, öyini çiqib qolsa, haqiqiy devorga aylanişi mumkin. Payşanba oqşomida birinçi bölimda u Mbappe, Dembele va Çempionlar ligasi finali qahramoni Duening zarbalarini qaytardi hamda jamoasi birinçi bölimni ikki töp ustunligida yakunlaşiga katta hissa qöşdi.








