Yevropa Millatlar ligasi, yarim final
Germaniya – Portugaliya 1:2
Gollar: Virts 47 – Konseysau 63, Ronaldu 68.
Germaniya: Ter Ştegen, Anton (Nmeça 71), Kox, Ta, Kimmix, Goretska, Voltemeyd (Fyulkurg 60), Virts, Middelştadt (Gosens 60), Sane (Gnabri 60), Pavloviç (Adeyyemi 71).
Portugaliya: Koşta, Neveş (Semedu 58), Diaş, Inasio, Mendeş, R.Neveş (Vitiniya 58), Fernandeş, Silva, Trinkao (Konseysau 58), Netu, Ronaldu (Paliniya 90).
Ogohlantirişlar: Ta 80, Virts 84, Fyulkurg 85 – Martines 58, Neveş 58, Diaş 85.
Mavsum oxiriga kelib Myunxen Yevropa futboli poytaxtiga aylandi. Ötgan haftaning şanba kuni bu yerda Çempionlar ligasi finali ötkazilgandi, çorşanba oqşomida esa Millatlar ligasining «Törtlar finali» start oldi. Bir neça kun oldin bu yerda asosiy yevrokubokni kötargan futbolçilardan ikkisi ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi, Vitinyani esa Portugaliya ustozi Roberto Martines zaxirada qoldirdi. Agar Nunu Mendeş özi uçun odatiy bölgan çap qanot laterali pozitsiyasida harakat qilgan bölsa, «PSJ»da maydon markazini betonlaşga mas’ul bölgan Joau Neveşni mudofaaning öng qanotiga yuborişga töğri keldi – Diogu Dalotning salomatligida muammo yuzaga kelgandi. Mohiyatan, bu portugallar tarkibidagi yagona syurpriz edi. Köpçilik öynaşini kutgan Rafael Leau esa bu mavsumda Pedru Netudan yorqinroq öynamayapti va boşlanğiç tarkibdagi örnini «Çelsi» vingeriga böşatib berdi.
Va aynan Netu oğir jarohatdan tuzalib safga qaytgan ter Ştegen darvozasi qarşisida ilk xavfli vaziyatni yaratdi, ammo töp biroz yuqoridan ötib ketdi. Keyin esa Kriştianu Ronaldu yerlatib yaqin burçakka zarba yöllagan holda raqib darvozabonini sinovdan ötkazdi.

Portugallarning öyin boşidagi bosimiga doş bergan nemislar asta-sekin öyinni Koştu qöriqlayotgan darvoza atrofiga köçira boşladi. Şu kuni Xavers va Klyayndinstning jarohati tufayli Germaniya milliy jamoasi safida «Ştutgart» hujumçisi, 198 santimetrlik Voltemade debyut qildi va aynan u taxminan 13 metr masofadan turib xavfli zarba yölladi. Keyin esa Pavloviç Inasiu bilan töqnaşuvdan keyin jarima maydoni içida yiqildi – boş hakam Vinçiç e’tibor qaratmadi. Goretska ikki bor golga yaqin keldi – «Portu» darvozaboni yaxşi reaksiya körsatdi.
Ikkinçi bölim boşida esa jamoalar nisbatan zerikarli ötgan birinçi bölim uçun muxlislarga kompensatsiya tölaşni boşladi. Ronaldu Mendeşning uzoq ustun tomon uzatmasini golga aylantira olmagan bölsa, şu kuni Germaniya milliy jamoasi safida 100-öyinida maydonga tuşgan nemislar sardori Yozua Kimmih jamoaning bölajak yetakçisi Florian Virs bilan birgalikda ajoyib kombinatsiya uyuştirdi. Bavar futbolçisining «paraşyut» uslubidagi pasi golli hujumning bezagi böldi, Virs esa öziga xos bölmagan tarzda boş bilan gol urdi. Bunday zarba berişi kutilgan Voltemade esa bu vaqtda Ruben Diaşni blokirovka qiliş bilan maşğul edi. Portugaliyalik futbolçilar va ularning ustozi Roberto Martines gol bekor qilinişiga erişişga harakat qilişdi, hakam monitor qarşisiga borib, videotakror körib çiqdi, ammo qarorini özgartirmadi va ispaniyalik mutaxassisning hissiyotlarini sariq kartoçka bilan jazoladi.
Portugallar jahl otiga mindi va katta iştiyoq bilan töp sura boşladi. Martines birdaniga uç futbolçi almaştirdi va yakunda bu futbolçilarning barçasi işonçni oqladi. Nelson Semedu (Joau Neveşdan farqli ölaroq) baribir öng qanot laterali edi, Vitinya jamoa öyiniga ijodkorlik qöşdi va töpni tezroq harakatlantirib, maydon markazidagi ustunlikni ta’minladi, Fransişku Konseysau esa çiroyli goli bilan hisobni tenglaştirdi. Yoş futbolçi öng qanotda oldinga yurdi, markazga köçdi va raqib safida zaxiradan tuşgan futbolçi Gozensdan qoçib ketib, aylanma zarbasi bilan töpni olis burçakka aniq yönaltirdi.
Asosiysi – Portugaliya öyinni öz nazoratiga oldi va nemislarga öziga kelişiga yöl qöymasdan, ikkinçi golni ham urdi. Mendeş – Ronaldu boğlami bu safar namunali iş berdi.
Kriş amalda böş darvozaga gol urdi. Tört yil muqaddam ham u Myunxenda nemislar darvozasini işğol etgandi, ammo öşanda – Yevro-2020 turniri guruhida – Portugaliya yutqazgandi (2:4). Endi esa Myunxen stadioniga yiğilgan muxlislar uning nomini qöşiq qilib kuylay boşladi. 40 yoşli forvard öz jamoasini yana bir sovringa yaqinlaştirdi. Çorak asr davomida portugallarga yutqazmagan Germaniyaga bu safar devorlar ham yordam berolmadi.
Finalda Kriştianu va kompaniya yoki Ispaniya, yoki Fransiya bilan öynaydi. Bu öyinda ular favorit emas. Lekin yarimfinalda ham favorit emasdi va bu ularga finalga ötişga xalal bermadi.












