O‘zbekiston | 07:54 / 09.10.2021
5739
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahrida triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati

Shu munosabat bilan yo‘llarning bir qismi transport harakati uchun 9 oktyabr kuni soat 06:00 dan 18:00 gacha va 10 oktyabr kuni soat 06:00 dan 15:00 ga qadar yopiladi.

Ushbu ko‘chalar:

  • KHAY va Ko‘rgazma ko‘chalari kesishmasidan — Ch. Aytmatov ko‘chasigacha;
  • KHAY va Sh.Rashidov ko‘chalari kesishmasidan - Osiyo va Ch. Aytmatov ko‘chalari kesishmasigacha.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid