Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada dam oluvchilar meduzalar xavfidan ogohlantirildi
Turkiyada dam oluvchi sayyohlarga Antaliya sohillari yaqinida to‘plangan meduzalardan ehtiyot bo‘lish tavsiya qilindi. Inson uchun xavfli ushbu meduzalar bu yerga Qizil dengizdan migratsiya qilgan. Meduzalar xavfidan Antaliyadagi universitetlardan birining professori Akdeniz Mehmet Geko‘g‘lu ogohlantirdi.
Olim Antaliya pristani yaqinida cho‘milmaslikka chaqirgan. Uning aytishicha, dengiz jonzoti bilan ta'sirlashuvdan jabr ko‘rganlar uni elektr toki urishiga qiyoslashgan.
Mutaxassis meduzalarni tashqi ko‘rinishi sababli suvda ilg‘ash qiyinligidan, ularning dovuldan keyin dengizda qoladigan paypaslagichlari qoldiqlari ham xavfli ekanidan ogohlantirgan. Meduzalar Turkiya sohillari yaqinida oktyabrdan noyabrgacha ayniqsa ko‘payishi kutilmoqda.
Olimning fikricha, meduzalarning bunday migratsiyasini dengiz suvi haroratining global isish oqibatida ko‘tarilgani bilan tushuntirish mumkin. Bundan tashqari, O‘rta yer dengizida odam uchun xavfli bo‘lgan fugu balig‘i va dengiz tipratikanlari ham uchrashi mumkin.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026