Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivadagi bozorda yong‘in chiqdi, bir necha tadbirkorlar zarar ko‘rdi
12 oktabr kuni tunda Xiva shahri, Sangar mahallasida joylashgan vaqtinchalik buyum bozorida katta yong‘in chiqqan.
Oqibatda bir necha do‘kon va omborlar ichidagi savdo mollari bilan yonib ketgan.
Yong‘in oqibatida jismonan jabrlanganlar yo‘q. Uning sabablari va tadbirkorlarga yetkazilgan zararning miqdori aniqlanmoqda.


Qayd qilish joizki, Xiva shahrida zamonaviy dehqon va buyum bozori yo‘q. Oldingi bozor buzilib, tadbirkorlarning aksariyati sharoiti og‘ir bo‘lgan vaqtinchalik bozorda faoliyat yuritmoqda.
Xivaning yangi bozori qurilishi «Sangar» mahallasida bir necha yillardan beri davom etmoqda. Uning qachon qurilib bitkazilishi noma'lum.