Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda mashina gaz balloni portladi. Ikki kishi vafot etgani aytilmoqda
Buxoro viloyati Kogon tumani hududida 2021 yilning 11 oktabr kuni ayanchli avtohalokat sodir bo‘ldi. Voqea inson o‘limi bilan yakun topgan.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 11 oktabr kuni Kogon tuman hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 207-kilometrida “Buxoro-G‘uzor-Denov” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Gaz-24” mashinasining gaz balloni yorilib ketgan. Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, holatga gaz ballonning nosozligi sabab bo‘lgan.
Avtohalokat oqibatida mashinada haydovchi va yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1990 yilda hamda 1970 yilda tug‘ilgan fuqarolar voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirda voqea yuzasidan viloyat IIB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Oldinroq Surxondaryoda avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Lacetti-2 mashinasining gaz balloni portlab ketgandi.
Mavzuga oid
14:58 / 08.07.2026
Qashqadaryoda harakatdagi mashina gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026