Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida «Tracker» 2ta tirkamali traktor bilan to‘qnashdi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma'lumot tarqaldi. IIV YHXBB holat bo‘yicha rasmiy xabar berdi.
Joriy yilning 11 oktabr kuni soat 20:55larda, Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tgan 4R-20 "Toshkent-To‘ytepa" avtomobil yo‘lining 27-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Toshkent shahridan Nurafshon shahri tomon harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Z.I. boshqaruvidagi "Tracker" rusumli hamda bir yo‘nalishda, oldinda bo‘lgan haydovchi, 1964 yilda tug‘ilgan N.S. boshqaruvidagi 2ta tirkamali "MTZ-80" rusumli traktor ishtirokida YTH yuz berdi.
To‘qnashuv natijasida "Tracker" rusumli avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. YTH yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025
Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 20.12.2025