Buxoroda iste'molga yaroqsiz paxta yog‘i ishlab chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi
G‘ijduvon tumanida iste'molga yaroqsiz paxta yog‘i ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumanning Buktaroy mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan M.M. o‘zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etgani aniqlangan. M.M. qo‘lbola usulda chigitdan olingan 100 litr paxta yog‘ini 2 mln 300 ming so‘mga sotayotganda qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoro markaziy dehqon bozorida iste'molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti sotayotgan shaxslar qo‘lga tushgandi.
Mavzuga oid
17:50
Buxoroda hokimlar, o‘rinbosarlar va sektor rahbarlari 6 oylik favqulodda ish tartibiga o‘tkazildi
20:33 / 28.11.2024
Buxoroda salkam 9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
12:03 / 28.11.2024
Buxoroda gaz portlashi: bir oiladan 2 kishi vafot etdi, 2 kishi kuyish jarohatini oldi
09:51 / 21.11.2024