Ğijduvon tumanida iste'molga yaroqsiz paxta yoği işlab çiqaruvçi yaşirin sex foş etilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlar idoralari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda tumanning Buktaroy mahallasida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan M.M. özining yaşaş xonadonida yaşirin sex taşkil etgani aniqlangan. M.M. qölbola usulda çigitdan olingan 100 litr paxta yoğini 2 mln 300 ming sömga sotayotganda qölga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoro markaziy dehqon bozorida iste'molga yaroqsiz yoğ mahsuloti sotayotgan şaxslar qölga tuşgandi.