Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiya o‘yinlari sovrindori Diyorbek O‘rozboyev 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Diyorbek O‘rozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlangan.
Foto: Milliy antidoping agentligi
Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Diyorbek O‘rozboyev O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining “Milliy test ro‘yxati”ga kiritilgan bo‘lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o‘tishi belgilangan. Joriy yilning 6 may kuni sportchidan musobaqadan tashqari davrda doping-sinama olingan.
Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etilgani, ya'ni “Meldonium” taqiqlangan moddasi iste'mol qilingani aniqlangan. “Meldonium” taqiqlangan moddalar ro‘yxatining “S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari” sinfiga mansub hisoblanadi.
Natijada, Diyorbek O‘rozboyev 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Diskvalifikatsiya 2021 yil 16 avgustdan 2024 yil 15 avgustga qadar etib belgilandi.
Dzyudochi diskvalifikatsiya muddati tugagunga qadar Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida belgilab qo‘yilganidek, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Mavzuga oid
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
21:35 / 03.10.2025
Ramazon Temirov bir yilga diskvalifikatsiya qilindi
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
20:54 / 08.08.2025