Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish jamg‘armasi ta'sis etildi
BMTning Taraqqiyot dasturi Afg‘oniston aholisiga iqtisodiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus jamg‘arma ta'sis etganini e'lon qildi.
Foto: AA
Dastur ma'muri Axim Shtaynerning ta'kidlashicha, Afg‘onistonga yordam berish bo‘yicha choralar ko‘rilmasa, mamlakatdagi 97 foiz uy xo‘jaliklari 2022 yil yarmiga kelib qashshoqlik yoqasiga kelib qolishi mumkin.
“Biz bu vaziyatga aralashishimiz, “xalq iqtisodiyoti”ni barqarorlashtirishimiz kerak. Hayotlarni saqlab qolish bo‘yicha sa'y-harakatlarimizga qo‘shimcha ravishda bu hayot uchun mablag‘ ajratishimiz lozim”, deb aytgan Shtayner.
Uning aytishicha, jamg‘armaga Germaniya birinchi bo‘lib 50 mln yevro ajratishga va'da bergan.
Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelgandan keyin iqtisodiy holat yanada og‘irlashgan. Jumladan, Afg‘onistonga tegishli AQShda saqlanuvchi pullarning katta qismi Vashington tomonidan muzlatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
12:15 / 19.12.2025
BMT Bosh Assambleyasi Ukrainadagi RF harakatlari haqidagi rezolyutsiyani yangiladi
17:42 / 18.12.2025
O‘zbek migrantlari: ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qay darajada katta?
14:51 / 18.12.2025