Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda - «O‘zgidromet»
Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati 20-22 daraja issiq bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgaradi.
Foto: Kun.uz
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 27 oktyabrda respublika shimoliy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.
28 oktyabrda yomg‘irli zona sharqqa siljiydi va respublikaning tog‘oldi hamda tog‘li hududlariga yaqinlashganda yog‘ingarchilik kuchayadi. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29 oktyabrda markaziy va sharqiy hududlarda, shuningdek tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 27-28 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Hafta davomida harorat kechalari 4-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat asta-sekin pasayadi va hafta oxiriga borib kunduz kungi harorat 7-12 daraja iliqqacha pasayadi.
Mavzuga oid
11:56 / 23.01.2026
Hafta oxirida havo biroz ilishi kutilmoqda
10:49 / 23.01.2026
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
09:18 / 23.01.2026
Toshkentda qor tozalash ishlariga 230 ta maxsus texnika va 1 mingdan ortiq xodim jalb etildi
10:20 / 22.01.2026