Jahon | 16:51 / 26.10.2021
5931
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yil Osiyoda kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi

O‘rtacha harorat 1981-2010 yillardagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,39 darajaga oshgan.

Foto: Sipa Asia/REX/Shutterstock

2020 yil Osiyoda kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi, yuqori harorat tabiiy ofatlar va jiddiy iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keldi, deb yozadi The Guardian Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotiga tayanib.

Hisobotga ko‘ra, o‘rtacha harorat 1981-2010 yillardagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,39 darajaga oshgan.

Rossiyaning Verxonyaskida 38 daraja harorat qayd etildi, bu Shimoliy qutbdan shimolda kuzatilgan eng yuqori harorat hisoblanadi.

“2020 yilda ob-havo va iqlim o‘zgarishlari Osiyoda minglab odamlar o‘limiga sabab bo‘ldi, millionlab odamlarni uylarini tark etishga majbur qildi va milliardlab dollar zarar yetkazdi”, – deyiladi hisobotda.

Jahon meteorologiya tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, tabiiy ofatlar oqibatida Xitoy iqtisodiyoti 238 mlrd, Hindiston 87 mlrd, Yaponiya 83 mlrd va Janubiy Koreya 24 mlrd dollar zarar ko‘rgan.

Iqtisodiyot hajmi hisobga olinganida esa eng ko‘p zarar Tojikiston, Kamboja va Laos iqtisodiyotiga yetgan.

Mavzuga oid