Misrda 2017 yilda kiritilgan favqulodda holat rejimi bekor qilindi
25 oktyabrda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy mamlakatda 2017 yildan buyon amalda bo‘lgan favqulodda holat rejimini bekor qilishini e'lon qildi. U bu haqdagi bayonotni Facebook’dagi sahifasida joylashtirgan.
“Ko‘p yillardan beri birinchi marta favqulodda holat rejimini bekor qilishga qaror qildim”, deb yozgan as-Sisiy.
Misrda ushbu rejim 2017 yil aprelida Iskandariya va Tanta shaharlaridagi cherkovlarda teraktlar sodir etilgandan keyin kiritilgandi. O‘sha hujumlar vaqtida 45 kishi halok bo‘lgan, 120 kishi jarohatlangan. Shundan keyin favqulodda holat rejimi har 3 oy uzaytirib kelingan.
Misr konstitutsiyasi favqulodda holat rejimi davom etishini 3 oy bilan cheklab qo‘ygan, ammo uni cheksiz marta uzaytirishga ijozat beradi. Ushbu chora fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, armiya va politsiyaning terrorchilarga qarshi kurashini yengillashtirishga qaratilgan.
Ushbu rejim prezidentga so‘z, yig‘ilishlar o‘tkazish, harakatlanish erkinligini cheklash, OAVdagi maqolalarni nazorat qilish, nomaqbul nashrlarni yopish, gazetalarni musodara qilish, saytlarni to‘sish imkonini beradi. Hukumat, shuningdek, odamlarni majburiy tarzda evakuatsiya qilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
22:48 / 18.09.2024
Britaniyada kapalaklar kamayib ketayotgani tufayli «favqulodda holat» e’lon qilindi
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024