Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin Olimpiadasi medallari taqdim etildi
2022 yilgi Pekin Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi musobaqalar g‘oliblari va sovrindorlariga topshiriladigan medallar shodasini taqdim qildi. Shuningdek, Paralimpiada medallari ham namoyish qilingan.
Medallar taqdimoti 26 oktyabrda, Pekin Olimpiadasi boshlanishiga 100 kun qolganda o‘tkazilgan.
Medallarning old tomonida Olimpiada halqalari, uning atrofida O‘yinlarning ingliz tilidagi to‘liq nomlanishi o‘yib chiqilgan. Orqa tomonida esa XXIV qishki Olimpiada ramzi va xitoychadagi to‘liq nomlanishi tushirilgan. Shuningdek, shu tomonda bir nechta halqa bor bo‘lib, ularda 24 ta nuqta joylashtirilgan. Bu nuqtalar “cheksiz yulduzli osmon”ni hamda “inson va tabiat uyg‘unligi”ni hamda o‘tkaziladigan Olimpiadaning tartib raqamini anglatadi.
Medallar uchun quti bambukdan ishlangan bo‘lib, tashkilotchilarning aytishicha, bu Xitoy madaniyatiga xoslik va ekologik O‘yinlar g‘oyasiga moslikni ta'kidlaydi.
Pekin Olimpiadasi 2022 yil 4-20 fevral, Paralimpiada esa 4-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Avvalroq musobaqalarga pandemiya sababli xorijiy muxlislar qo‘yilmasligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
12:19 / 20.05.2026
«Bir-birimizga yordam berishimiz kerak» – Pekinda Putin va Si muzokaralari boshlandi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026