Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla kompaniyasi qiymati trillion dollardan oshdi
Kompaniya aksiyalari narxi Hertz kompaniyasi yil oxiriga qadar 100 ming dona Tesla avtomobili sotib olishi haqida e'lon qilganidan so‘ng ko‘tarilib ketdi.
Tesla qiymati ilk bor 1 trillion dollardan oshdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
“Dushanba kuni Tesla aksiyalari narxi 12 foizga o‘sib, 1025 dollarga yetdi va kompaniyaning bozor qiymati 1 trln dollardan oshib ketdi”, – deyiladi xabarda.
Kompaniya aksiyalari narxi Hertz kompaniyasi yil oxiriga qadar 100 ming dona Tesla avtomobili sotib olishi haqida e'lon qilganidan so‘ng ko‘tarilib ketdi.
Qayd etilishicha, AQShda faqat Apple, Microsoft, Amazon va Alphabet kompaniyalari Tesla’dan qimmatroq.
Ilon Mask kompaniyasi 2021 yilning uchinchi choragida uch milliard dollardan ortiq sof foyda ko‘rgan.
Avvalroq Maskning boyligi 250 milliard dollardan oshgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
07:48 / 24.05.2026