Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 4 ta avtomobil ishtirokida avariya sodir bo‘ldi
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Andijon viloyati Asaka tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida avariya sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
26 oktabr kuni soat 12:00 larda Andijon viloyati, Asaka tumani, "Chek" ko‘chasidan o‘tgan 4R-112 "Asaka-Farg‘ona" yo‘lining 169-kilometrida:
1) haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan I.N. boshqaruvidagi "Damas";
2) haydovchi 1965 yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvidagi "Matiz";
3) haydovchi 1994 yilda tug‘ilgan O.K. boshqaruvidagi "Damas";
4) haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan A.R. boshqaruvidagi "Kia Bongo" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.
Mazkur YTH yuzasidan Asaka tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Andijonda "Neksiya" va "Damas" ishtirokida YTH sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025