Dunyoda koronavirusga qarshi qo‘llangan vaksinalar soni 7 milliarddan oshdi
TASS axborot agentligi OAVda e'lon qilingan ma'lumotlar va maqolalarga tayanib, pandemiya boshidan beri dunyoda koronavirusga qarshi qancha vaksina qo‘llanganini hisoblab chiqdi. Bu qiymat 7 mlrddan ko‘proq vaksinani tashkil qilgan.
“Ayni vaqtda odamlarga 7,001 mlrd doza vaksina kiritildi. Sayyoramizda qancha odam to‘liq emlanganini aniqlashning hozircha imkoni yo‘q”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Buning ilojsizligi ko‘plab davlatlar faqatgina ma'qullangan vaksinalar va qancha emlash amalga oshirilgani haqidagi ma'lumotlarni e'lon qilishi bilan bog‘langan.
TASSning ta'kidlashicha, barcha qo‘llangan vaksinalarning yarmi Xitoy (2,3 mlrd doza vaksina), Hindiston (1,1 mlrd) va AQSh (0,4 mlrd) ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi
13:54 / 18.09.2024
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?
21:46 / 20.08.2024
Maymunchechak epidemiyasi koronavirus kabi jiddiy muammo emas – JSST
09:57 / 10.08.2024