Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan "Matiz" "Labo" bilan to‘qnashdi
Qayd etilishicha, joriy yilning 3 noyabr kuni soat 14:05 larda Shahrixon tumani, Ahmadbek qishlog‘i hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.M. "Matiz" rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida, haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan "Labo" rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida "Labo" haydovchisi M.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan hamda ushbu avtomobil yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026