Jahon | 09:27 / 04.11.2021
15104
2 daqiqa o‘qiladi

Qaysi davlatlar birinchi bo‘lib pandemiyani yenga olishi aytildi

AQSh, Britaniya, Portugaliya va Hindiston 2022 yilda koronavirus pandemiyasidan chiqa olishi mumkin. Bunday prognozlarni bir qator taniqli epidemiologlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga tayanib Reuters axborot agentligi keltirib o‘tdi.

Foto: Charlie Bibby/FT

Olimlarning ta'kidlashicha, ushbu davlatlar aholi o‘rtasida koronavirusga qarshi emlanganlikning yuqori darajasi va virusga qarshi hosil qilingan tabiiy immunitetning muayyan qorishmasiga ega bo‘ladi. Bu davlatlarda koronavirus yana bir mavsumiy kasallikka aylanishi mumkin.

“Fikrimizcha, hozirgi kundan boshlab to 2022 yil oxirigacha ushbu virusdan og‘ir kasallanish va o‘limlar darajasini pasaytirib, uning ustidan nazoratni qo‘lga kirita olamiz”, deb JSSTning bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxove so‘zlarini keltirib o‘tgan agentlik.

Mutaxassislar shu bilan birga, koronavirus yana ko‘plab yillar davomida sayyoramizdagi o‘limlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolishini aytishgan. Ba'zi olimlarning fikricha, virus o‘zini qizamiq kabi tuta boshlaydi, ya'ni unga qarshi emlanganlik darajasi past bo‘lgan aholi o‘rtasida avj olib turadi. Boshqa olimlarning ta'kidlashicha, u grippga o‘xshash mavsumiy kasallik ko‘rinishini oladi.

“Biroq virus ba'zilar “qiyomat kuni ssenariysi” deb atayotgandek, qiyinchilik bilan qozonilgan immunitetdan qochib keta oladigan darajada mutatsiya qilishini hech kim istisno qilmaydi”, deb ta'kidlab o‘tishgan ekspertlar.

Mavzuga oid