Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan Nexia’ning gaz balloni portladi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia mashinasining gaz balloni portlagan. Oqibatda mashina bo‘laklarga bo‘linib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 4 noyabr kuni soat 21:00 larda Chiroqchi tumani Annaro‘z mahallasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida harakatlanib borayotgan Chiroqchi tumani Suvliq mahallasida yashovchi fuqaro 1992 yilda tug‘ilgan X.N. boshqaruvida bo‘lgan Nexia mashinasining gaz balloni portlab ketgan.
Hodisa oqibatida mashina haydovchisi va unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Suvliq mahallasida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan B.B. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha qutqaruv xizmatiga murojaat kelib tushmagan. Hozirda, holat bo‘yicha Chiroqchi tuman Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026