Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Nexia teplovoz bilan to‘qnashdi
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida Nexia mashinasi teplovoz bilan to‘qnashgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 8 noyabr kuni soat 7:00 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-96 avtomobil yo‘lining Muborak tumani, «Sariq» MFY hududidan o‘tuvchi qismida temir yo‘l bilan kesishmada Nexia mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.
307-sonli temir yo‘lida 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi,S.R. boshqaruvidagi Nexia mashinasi bilan TEM2-784 raqamli teplovoz o‘zaro to‘qnashuv sodir etgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Qarshi gornizoni xarbiy avtonazorat inspeksiyasi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026