Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Depo Mall» KSMda Makro City gipermarketi ochiladi
Bu xaridlar uchun yoqimli muhit, qulay takliflar va xususiy savdo markazining yangi mahsulotlariga boy bo‘lgan tarmoqning eng katta filiali bo‘ladi.
13 noyabr kuni yangi “Depo Mall” KSMda Makro City gipermarketi ochiladi. Xaridorlarni zamonaviy interer, xaridlar uchun yoqimli muhit, ultra zamonaviy uskunalar, bir qator qulay takliflar va xususiy savdo markazining yangi mahsulotlari kutmoqda.
Binoning umumiy maydoni 3746 kv/m.ni tashkil etadi, 2748 kv/m o‘lchamdagi savdo maydoni esa — tarmoqning eng katta gipermarketi. Keng va yorug‘ zalda 17 ming nomdan ortiq mahsulotlar joylashgan.
Filialda mahsulotlar gorizontal tarzda joylashtirilgan. Bu yechim xaridorlarga taqdim etilgan assortiment bilan tanishish va diqqatni kerakli brendlarga jalb qilishga yordam beradi.
Sutli mahsulotlar, mevalar va sabzavotlar uchun o‘rnatilgan zamonaviy sovitkichlar barcha zarur saqlash talablariga javob beradi.
Filialda xaridorlar hamisha mazali tovuqni topishi mumkin bo‘lgan gril zonasi va mazali kulchalar va somsalar bilan ta'minlashga va'da berayotgan tandir zonasi taqdim qilingan.
Makro City, shuningdek, xaridorlarni xususiy ishlab chiqarish pishiriqlari va non-bulka mahsulotlari bilan xursand qiladi. Filialning xususiy qandolat sexi mavjud.
Mazali tamaddi qilishni xush ko‘ruvchilarga hamisha salatlar, sendvichlar, tovuqli pishiriqlar va ko‘plab boshqa narsalar buyurtma qilish mumkin bo‘lgan kafeteriy xush yoqadi.
Filialda mijozlarga navbatda turmaslik va barcha mahsulotlarni mustaqil ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beruvchi to‘rtta o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalar o‘rnatilgan.
Makro City gipermarketining shtatida zamonaviy Yevropa standartlari bo‘yicha ta'lim olgan 200 ga yaqin xodim mehnat qiladi. Xodimlar miqdori filialning barcha zonalariga tezkor xizmat ko‘rsatish imkonini beradi va bu xizmat ko‘rsatishni yaxshilaydi.
Avtoturargoh maydoni 550 ga yaqin avtomobil uchun mo‘ljallangan.
“Depo Mall”dagi Makro City filialidan zakaz.uz xizmati shaharning ushbu qismi uchun mahsulotlar yetkazib berishni amalga oshiradi.
Kun davomida butun “Depo Mall” KSM hududi bo‘ylab animatorlar ishlaydi, mahorat darslari, bolalar uchun shou, lentani tantanali kesish, boshlovchilardan tanlovlar, o‘zbek estradasi yulduzlarining va raqqoslik kollektivining chiqishlari, Fashion show va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.
Manzil: Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, 57, “Depo Mall”.
Mo‘ljal: sobiq tramvay deposi.
Instagram: instagram.com/makro_supermarket
Reklama huquqi asosida