Jahon | 12:08 / 09.11.2021
4708
2 daqiqa o‘qiladi

Nikaragua prezidenti yevropalik siyosatchilarni “fashistlar” deb atadi

Foto: CESAR PEREZ / PRESIDENCIA NICARAGUA

Nikaragua prezidenti Daniel Ortega mamlakatda o‘tgan prezident saylovlaridan keyin mamlakat ichidagi va tashqarisidagi raqiblarini tanqid qildi. U Yevropa kengashining Nikaraguadagi avtoritar tuzumga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi haqidagi bayonotiga shunday javob qaytargan.

“Hozirda Yevropa ittifoqi kabi ma'lum bo‘lgan bu joyda parlamentariylarning aksariyatini fashistlar va natsistlar tashkil qiladi, bu ko‘pchilikni tashkil qiluvchi fashistlar tomonidan boshqariladigan demokratiyalardir”, deb aytgan Ortega.

Siyosatchining ta'kidlashicha, Yevropa yetakchilari o‘z fashizmi sababli Janubiy Amerikaning sotsialistik davlatlarini yomon ko‘radi.

Bundan tashqari, Nikaragua prezidenti saylovlar oldidan hibsga olingan muxolifatchilarni “vatan xoinlari” deb atagan. “Bular nikaragualiklar emas, ular vatan xoinlari”, deb aytgan siyosatchi.

Avvalroq Nikaraguada prezident saylovlari o‘tib, unda amaldagi prezident Daniel Ortega navbatdagi marta g‘alaba qozondi, uning rafiqasi Rosario Murilo esa vitse-prezident bo‘ldi.

70 yoshli siyosatchi davlat rahbari lavozimini uchinchi marta egallaydi. Ortega nomzodini 72,5 foiz saylovchilar, uning asosiy raqibi Maksimino Rodrigesni 15 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan. Ortega prezident lavozimini ilk bor 1984 yilda egallagan. 1990 yildagi saylovlarda u muxolifat nomzodiga yutqazib qo‘ygan, biroq 2006 yilda yana hokimiyat tepasiga qaytgan. O‘shandan beri u mamlakatga uzluksiz rahbarlik qilib kelmoqda.

Muxolifat saylovlarni “maynabozchilik” deb atagan va ularni tan olishdan bosh tortgan. AQSh prezidenti Jo Bayden ham Nikaraguadagi saylovlarni tanqid qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid