O‘zbekiston | 07:31 / 11.11.2021
3513
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida qariyb 1 mln kishi kelgan

Qariyb 1 mln xorijliklar qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.

Foto: CNN

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning 9 oyida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda jami 1 135 621 nafar chet el fuqarolari kelgan. 

O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • qarindoshlarni yo‘qlash — 954 438 nafar; 
  • dam olish — 106 628 nafar; 
  • xizmat yuzasidan — 40 883 nafar;
  • davolanish — 17 981 nafar; 
  • tijorat — 10 827 nafar;
  • o‘qish maqsadida — 4 864 nafar.    

Avvalroq, 20 yil ichida 1 milliondan ortiq odam O‘zbekistonni tark etgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid