O‘zbekiston | 09:40 / 12.11.2021
12333
1 daqiqa o‘qiladi
O‘simliklar karantini agentligiga bosh direktor tayinlandi
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga bosh direktor tayinlandi. Bu haqda agentlik xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, prezidentning 2021 yil 10 noyabr kungi PQ-5-sonli qarori bilan Ibrohim Ergashev O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori lavozimida ish boshladi.
Shu munosabat bilan, Ibrohim Ergashev O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 15 iyuldagi PQ-5185-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilgan.
Mavzuga oid
18:13 / 01.04.2020
Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga cheklov yo‘q – Ibrohim Ergashev
17:19 / 01.04.2020
Qozog‘iston 9 turdagi meva-sabzavotlar eksportiga cheklov kiritgan – Ibrohim Ergashev
15:30 / 28.11.2019