Bugun, 28 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasida soha faoliyatiga oid yangiliklar yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.

Berilgan ma'lumotlarga köra, «Karantin ostidagi mahsulotlar uçun ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarni berişda uşbu mahsulotlar fitosanitariya holatini örganiş maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuboriş zaruratini aniqlaş mezonlari va yuboriş tartibi töğrisida»gi nizomni tasdiqlaş töğrisidagi buyruq Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazilgan.

Uşbu Nizomga köra, Özbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakat hududidan karantin ostidagi mahsulot, ya'ni meva-sabzavot va ösimlik mahsulotlari bilan xavfli zararli organizmlar kirib kelişi xavfi mavjud bölganda xorijdagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini örganiş uçun mutaxassislar yuboriladi.

Mahsulotning fitosanitar holatini örganiş Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan amalga oşiriladi.

Buning uçun jismoniy yoki yuridik şaxslar mutaxassis yuborişni sörab inspeksiyaga belgilangan şaklda töldirilgan ariza bilan murojaat qiladi.

Ariza 7 iş kuni içida körib çiqilib, xorijiy mamlakat hududiga mutaxassis yuborişga zarurat mavjudligi örganiladi hamda murojaatçiga xabar beriladi.

Nizomda, şuningdek, Inspeksiya tomonidan murojaatçining arizasi quyidagi hollarda rad etilişi mumkinligi körsatilgan:

- taqdim etilgan hujjatlarda notöğri ma'lumotlar körsatilsa yoki töliq ma'lumotlar taqdim etilmasa;

- olib kelinişi rejalaştirilgan mahsulotni respublikamiz hududiga olib kiriş uçun taqiq örnatilganda;

- xorijiy mamlakat hududida kelib çiqişi noma'lum bölgan ösimliklarning yalpi kasalliklari va ilgari qayd etilmagan tez tarqaluvçi kasalliklar mavjud bölsa;

- mahsulot olib kelinişi rejalaştirilgan xorijiy mamlakat hududida uşbu mahsulotda tarqalgan zararli organizmlar mavjudligi haqida aniq ma'lumotlar mavjud bölsa.

Bugungi kunga qadar Rossiya Federatsiyasining 13ta çegara va logistika markazlarida «Yaşil yölak» orqali ötiş tizimi yölga qöyilişi natijasida, Rossiyaga töğridan-töğri eksport hajmi 7,5 barobarga oşgan.

Inspeksiya tomonidan 323 tonna (şundan 235 tonnasi qöl yuki orqali, 88 tonnasi transport vositalari orqali), 10,25 million tup (şundan 41 ming tup qöl yuki orqali, 10,21 million tupi transport vositalari orqali) va 1317 m.kub miqdorida transport vositalari orqali respublikamizga olib kirilayotgan ösimlik mahsulotlarida zararli organizmlar aniqlangani sababli çegara maskanlaridan qaytarib yuborildi. Qaytarib yuborişning imkoni bölmagan 3,1 million tup zararlangan köçatlar esa yoqiş yöli bilan tegişli tartibda yöq qilingan.