«Meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştiriş mavsumi boşlanayotganini inobatga olib, eksportyorlarimizga hozirdan boşlab Xitoyga eksport kontraktlarini masofadan turib onlayn tarzda tuzişni tavsiya qilamiz.

Xitoy tarafining talabiga köra, eksportyorlarimiz respublikamizda mavjud va Xitoy röyxatidan ötgan qadoqlaş sexlari, dala va boğ egalari bilan şartnomalarni hozirdan tuzişlari lozim. Mazkur sexlarning röyxati karantin.uz rasmiy saytida joylaştirilgan. Şu yerdan özingizga yaqin va qulay bölgan sexlarni tanlab, şartnomalar tuzişingiz mumkin.

Bundan taşqari, avvallari Xitoyga faqat samolyot orqali mahsulot eksport qilingan bölsa, endilikda Xitoy tomoni bilan 2019 yilning 1 noyabrida imozolangan hamkorlik kelişuviga muvofiq, Özbekistonda yetiştirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Qirğizistonning Irkeştom va Turgart hamda Qozoğistonning Xorgos va Alaşankou postlari orqali temir yöl va avtotransportlarda tranzit sifatida olib ötilişiga ruxsat olingan. Bu kelişuv böyiça ham heç qanday özgariş va çeklovlar kiritilgani yöq», deya Ibrohim Ergaşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qöşimça qilişiça, karantin davrida harakatlar çeklanayotgani sababli tadbirkorlar uçun eksport-import jarayonlarida qulayliklar yaratiş maqsadida ruxsat beruvçi va sertifikatsiya hujjatlarini rasmiylaştiriş töliq elektron tizimiga ötkazilgan hamda tölovlar Payme tizimi orqali amalga oşirilmoqda.

«Taşqi iqtisodiy faoliyat yurituvçi sub'yektlar bilan tuziladigan şartnomalar 100 foiz onlayn-oferta usuliga ötkazildi. Özbekiston prezidentining 2019 yildagi 4525-sonli qaroriga muvofiq, 2020 yilning yanvar oyidan boşlab meva-sabzavot va tekstil mahsulotlarini eksport qiliş jarayonida tadbirkorlarga fitosanitar sertifikatlar bepul rasmiylaştirib berilmoqda. Uşbu tölovlarni Investitsiyalar va Taşqi Savdo vazirligining Eksportni qöllab-quvvatlaş agentligi tomonidan kompensatsiya qiliş tizimi yölga qöyildi.

Ayni kunlarda eksport-import tovarlar çegaraga kirib kelişi, Taşqi iqtisodiy faoliyat markazlariga yetib kelişi, şuningdek fitosanitar sertifikati ramiylaştirilgani töğrisida tadbirkorlarni oldindan xabaror qiliş tizimi, ya'ni sms-xabarnomalarni jönatiş tizimi joriy qilindi.

Rossiya va Özbekiston Ösimliklar karantini xizmatlari orasida mahsulotlarni eksportga yuklayotganda ikki tomonlama oldindan elektron xabar beriş tizimi yulga qöyildi. Xuddi şu tizimni joriy qiliş böyiça Qozoğiston va Qirğiziston davlatlari bilan ham muzokaralar olib borilmoqda», deydi Ibrohim Ergaşev.