Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guliston shahrida zamonaviy avtobekatlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan 23ta avtobekatda zamonaviy tipdagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Guliston shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bosh mutaxassisi Sherzod Rahmonberdiyev Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Bugungi kunda 20ta avtobekat o‘z faoliyatini boshlagan. Oy oxiriga qadar yana 3ta bekat faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. Ushbu avtobekatlarning afzallik tarafi yengil konstruksiya asosida qisqa fursatda tayyor bo‘ladi. Bitta bekat uchun xarajat eski tipdagi avtobekatlar uchun sarflanadigan mablag‘ning to‘rtdan biriga teng.
Ushbu avtobekatlarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida Wi-Fi, biohojatxonalar va konditsioner o‘rnatilgan. Bekatlar uchun budjet hisobidan mablag‘ sarflanmaydi, tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari evaziga faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Buning natijasida qo‘shimcha 50ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Mavzuga oid
23:05 / 14.03.2026
Toshkentda 460 ta bekat tadbirkorlarga ijaraga berildi – hokimiyat
19:41 / 12.03.2026
Do‘konli bekatlarning deyarli hammasida noqonuniy qurilish bor – YHTM
09:50 / 07.03.2026
Toshkentda 8 ta bekatni yangilash ishlari olib borilmoqda
11:47 / 04.03.2026