Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda korrupsiyaviy holatga çek qöyildi.

Ma’lum bölişiça, Guliston şahar hokimligining mas’ul xodimi tadbirkorlik faoliyatini boşlamoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirib, şaharning Özbekiston şohköçasida joylaşgan davlat zaxirasidagi 2 sotix yer maydonini oziq-ovqat dökoni taşkil etiş uçun mansabdor tanişlari orqali ajratib berişni va’da qilgan.

Buning evaziga u fuqarodan 50 ming AQŞ dollari talab qilgan. Dastlab mazkur mablağ hisobidan fuqaroning Lacetti rusumli avtomaşinasini 12 ming AQŞ dollariga baholab, uni boşqariş huquqini beruvçi işonçnoma asosida rasmiylaştirib olgan.

Tezkor tadbir davomida hokimlik xodimi talab qilingan pul mablağining yana 8 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, unga «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.