O‘zbekiston | 08:51 / 13.11.2021
2034
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 13 yoshli bola «Tracker»ni olib qochdi

Videodan kadr

Joriy yilning 2 noyabr kuni 7-sinf o‘quvchisi tomonidan eshigi ochiq qoldirilgan «Tracker» olib qochildi. Bu haqda IIV YHXBB tomonidan ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 2 noyabr kuni Chilonzor tumani hududida eshigi ochiq qoldirilgan «Tracker» avtomobili olib qochilgan. Avtomobil egasi bu haqda ertalab soat 06:30larda xabar topgan va tuman IIBga murojaat qilgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB olib qochilgan mashina soat 9:30larda Qatortol ko‘chasida to‘xtatilgani haqida xabar bergan. Aniqlanishicha, mashina tungi soat 01:30larda 13 yoshli bola tomonidan olib qochilgan. Bola mashina haydashni Aziz ismli o‘rtog‘idan o‘rgangani va mashinani 8 soat davomida minib yurganini aytgan.

Avtomobil egasiga qaytarilgan. Bola voyaga yetmagani uchun uning ota-onasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan javobgarlikka tortilgan. 

Mavzuga oid