Joriy yilning 2 noyabr kuni 7-sinf öquvçisi tomonidan eşigi oçiq qoldirilgan «Tracker» olib qoçildi. Bu haqda IIV YHXBB tomonidan ma'lum qilindi.
Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 2 noyabr kuni Çilonzor tumani hududida eşigi oçiq qoldirilgan «Tracker» avtomobili olib qoçilgan. Avtomobil egasi bu haqda ertalab soat 06:30larda xabar topgan va tuman IIBga murojaat qilgan.
Toşkent şahar IIBB YHXB olib qoçilgan maşina soat 9:30larda Qatortol köçasida töxtatilgani haqida xabar bergan. Aniqlanişiça, maşina tungi soat 01:30larda 13 yoşli bola tomonidan olib qoçilgan. Bola maşina haydaşni Aziz ismli örtoğidan örgangani va maşinani 8 soat davomida minib yurganini aytgan.
Avtomobil egasiga qaytarilgan. Bola voyaga yetmagani uçun uning ota-onasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga (Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta'lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan javobgarlikka tortilgan.











