Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, holat 2022 yil 4 avgust kuni soat 01:30larda Buxoro şahridagi “Airobus” avtomaşinalarni yuviş şoxobçasida sodir etilgan. Qoraqalpoğiston Respublikasi Ellikqal’a tumanida yaşovçi, 2006 yilda tuğilgan Z.L. yuviş uçun qoldirilgan, fuqaro O.Ş.ga tegişli bölgan Matiz maşinasini olib qoçib, noma’lum tomonga yaşiringan. 

Holat yuzasidan Buxoro şahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tezkor qidiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan. “Tösib uşlaş” maxsus tezkor rejasi asosida ötkazilgan qidiruv tadbirlari davomida olib qoçilgan maşina Buxoro-Qaşdaryo viloyatlarini boğlab turuvçi “Şirinbuloq” YPX maskanidan ötib ketganligi aniqlangan hamda Z.L. Qaşqadaryo viloyati hududida qölga olingan.

Hozirda jinoyat işida gumon qilinuvçi Z.L.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.