Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Foto: Google maps
Eronda jiddiy yer silkinishi sodir bo‘ldi. Reuters'ning Eron telekanallariga asoslanib yozishicha, zilzila markazi Bandar Abbos yaqinidagi Hurmuzgon viloyati bo‘lgan. Yevropa – O‘rta Yer havzasi seysmologiya markazi bergan ma'lumotga ko‘ra 6,1 magnitudali silkinish 10 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. Eron telekanallarida esa silkinish 6,5 magnitudali bo‘lgani aytilmoqda.
Eronda sodir bo‘lgan zilzila Arabiston yarimorolidagi BAA, Saudiya, Qatar, shuningdek, Bahraynda ham sezilgan. Ayniqsa BAAda silkinish sezilarli bo‘lgan.
Erondagi Telegram-kanallarda zilzila sabab ko‘plab odamlar binolardan tashqariga yopirilib chiqayotgani ko‘ringan videolar joylanmoqda.
Mavzuga oid
21:59 / 15.04.2026
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamalini davom ettirsa, Eron uchta dengizni yopish bilan tahdid qildi
19:52 / 15.04.2026
Tramp va Lev XIV bahsi. Voqealar zanjiri
09:25 / 15.04.2026
Tramp: Eron bilan mojaro tugashiga oz qoldi
08:50 / 15.04.2026