O‘zbekiston | 09:22 / 15.11.2021
2872
2 daqiqa o‘qiladi

Termizda beton ustunga urilgan Labo mashinasi haydovchisi vafot etdi

Videodan kadr

Termiz shahrida beton ustunga urilgan Labo mashinasi haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 14 noyabr kuni soat 2:30larda 4R-23 avtomobil yo‘lining Termiz shahridan o‘tgan 5-kilometrida, Barkamol avlod va Ko‘zmunochoq ko‘chalari kesishgan chorrahada odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Labo mashinasi haydovchisi Ko‘zmunchoq ko‘chasidan harakatlanib kelib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda uning haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvga ko‘ra Labo mashinasi haydovchisi boshqaruv paytida e'tiborsizlik qilgan yoki uxlab qolgan.

Mavzuga oid