Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi gaz quvuriga urilgan Damas yonib ketdi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida harakatlanish paytida boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi gaz quvuriga urilgan Damas yonib ketgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 24 oktabr kuni soat 5:40larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sherobod tumani Qo‘rg‘on mahallasi hududidan o‘tgan 1102-kilometrida Damas mashinasi yonib ketgan.
Sherobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 5:40da yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyiga yong‘in qutqaruv bo‘linmasi 5:45da yetib borgan. 5:56da yong‘in o‘chirilgan. Ammo ungacha Damas mashinasining saloni va kuzov qismi yonib ketgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Sherobod tumani Qorabog‘ mahallasida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvida bo‘lgan Damas boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng yo‘l chetidagi gaz quvuriga urilib chaqnash oqibatida yonib ketgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisada hech kim jabrlanmagan va vafot etmagan.
Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
11:00 / 15.05.2026