O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari ko‘paydi
Oktabr oyida O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 800 mln dollarga oshib, 35,21 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 1 noyabr holatida O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 35,21 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich, 1 oktabr holatiga ko‘ra, 34,41 mlrd dollar bo‘lgan. Raqamlar o‘tgan oyda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 800 mln dollarga oshganini ko‘rsatmoqda.
Oktabr oyi davomida oltin hajmi 12,3 mln troya unsiyadan 12,1 mln troya unsiyaga (taxminan 6,2 tonna) kamaygan bo‘lsa-da, uning qiymati 21,34 milliard dollardan 21,66 milliard dollarga ko‘paygan.
Shuningdek, xorijiy valuta aktivlari ham o‘tgan davr mobaynida 11,95 mlrd dollardan 12,41 mlrd dollarga oshgan.
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valuta aktivlari va quyma shakldagi monetar oltindan iborat.
Ma'lumot uchun, 1 noyabr holatida 1 unsiya oltinning narxi 1780 dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
14:05 / 12.09.2024
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
15:30 / 09.09.2024
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 39 mlrd dollarga yetdi. Bu – rekord ko‘rsatkich
17:04 / 05.09.2024
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy eng ko‘p oltin xarid qilgan davlatlardan biri bo‘ldi
16:07 / 22.08.2024