Sport | 18:35 / 18.11.2021
8431
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent yana bir sport musobaqasi mezbonligini qabul qiladi

Foto: Osiyo paralimpiya qo‘mitasi

2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Para Osiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi. Bu haqda Osiyo paralimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida yozilgan. Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston paralimpiya qo‘mitasi tomonidan bildirilgan taklifga ko‘ra mezbonlik maqomi Toshkentga berilgan.

«2025 yilning sentyabr oyi oxiri va oktyabr oyi boshida o‘tajak musobaqa mezbonligi uchun O‘zbekiston turizm va sport vazirligi qo‘llab-quvvatlovidagi Milliy paralimpiya qo‘mitasi ariza topshirgan. Ilk marta yoshlar o‘rtasidagi Para Osiyo o‘yinlari yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari bilan bitta shaharda va bir xil sport obektlarida o‘tadi», deyilgan xabarda.

Ma'lumot uchun, 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari ham Toshkentda o‘tadi. 2021 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Para Osiyo o‘yinlari 2-6 dekabr kunlari Bahraynda o‘tadi. Musobaqa yakunida O‘zbekiston keyingi mezbon sifatida musobaqa bayrog‘ini qabul qilib oladi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid